PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI O'QUVCHILAR ITALIYAGA BORADI
Prezident ta’lim muassasalari agentligi, O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi va Italiyaning “Global Action” nodavlat muassasasi bilan hamkorlikda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari uchun “Diplomacy Education” dasturi tashkil etilmoqda.
Mazkur dasturda ishtirok etish uchun tanlov jarayonlarining saralash bosqichiga start berildi.
Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi.
“Diplomacy Education” dasturi ishtirokchilarga:
Saralash jarayonlari 3 bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqichda talabgorlar maktabning 9-10-sinf o‘quvchilari orasidan o‘zlashtirish ko‘rsatgichi, xalqaro va mahalliy tanlovlarda qayd etgan natijalari va maktab hayotidagi faolligi asosida saralab olinadi.
2-bosqichda berilgan mavzu asosida insho yozishadi.
3-bosqichda esa ishtirokchilardan berilgan mavzuda taqdimot tayyorlash talab etiladi.
Talabgorlar orasidan 10 nafar o‘quvchi saralab olinadi.