Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari SEAMO tanlovida g'olib bo'lishdi.
Tanlovda Bobomurodov Muhammadjon oltin medalni, Islom Boyqobilov esa bronza medalni qo’lga kiritishdi.
Shuningdek, Nukus shahridagi Prezident maktabining o’quvchilari ham mazkur xalqaro olimpiadada sovrindorlar qatorida o’rin egalladi.
Jumladan, maktabning 7-sinf o'quvchisi Temur Qadirbergenov kumush medalni, 5-sinf o'quvchilari Sadulla Rizaev va Allayar Ktaybekovlar esa bronza medallarni qo’lga kiritishdi
Ma’lumot o’rnida SEAMO Janubi-Sharqiy Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi bo’lib, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi, dunyoqarashni kengaytirishga yordam beruvchi tanlov hisoblanadi.