Prezident maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024
#Prezident_maktablari 

⚡️Agentligimiz tizimidagi barcha Prezident maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi.

Mazkur tadbirlar doirasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va ota-onalar Prezident maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. 

Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumotlar berildi, maktablarimizdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimotlar qilindi. O‘quvchilarimizning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlari boʻyicha koʻrgazmalar oʻtkazildi.

Prezident maktablarida boʻlib oʻtgan  "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlaridan suratlar.

Batafsil: https://t.me/piimauz/16627