Объявлены итоги второго этапа вступительных экзаменов в Президентскую школу!

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqich natijalari e’lon qilindi!

21-22-avgust kunlari o‘tkazilgan Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti veb-saytiga joylashtirildi.

Bu haqda Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell rasman ma'lum qildi.

 Test natijalarini kompyuterdan foydalangan holda quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pres21_schools21_admissions21/

Ushbu ko‘rsatilgan veb-saytga kirganingizdan so‘ng: 
1️) Talabgor topshirgan hududini tanlang.  
2️) So‘ngra Prezident maktablariga topshirgan sinfini tanlang.  (5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinf). 
3️) Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan 11 raqamlik maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.  
4️) Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi. 
5️) Imtihonlardan o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.
 

Imtihon natijasiga ko‘ra bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda:

Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan  imtihonda javobi belgilangan masalalar toifalarining har biri bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni

1)Muommoni yechishga oid savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
2)Tanqidiy fikrlash bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
3)Ingliz tili savollarining o'qish (Reading) qismi bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
4)Ingliz tili savollarining grammatika (Grammar) qismi bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
5) Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).