Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va Respublikamizdagi barcha viloyatlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi.
Savollar qopining muhri o’quvchilar ko’z o’ngida ochildi va tarqatildi. Mazkur bosqichda talabgorlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshirdilar.
O'quvchilarning tibbiy niqoblari imtihonga kirishdan oldin alishtirildi, ularga tashkilotchilar tomonidan yangi tibbiy niqob taqdim etildi.
O'quvchilarning imtihon javob varaqalari o'sha vaqtning o'zidayoq qoplarga joylanib, Cambridge Assessment tashkilotiga yuborildi.