Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari til bilish sertifikatlariga ega bo‘lishmoqda 

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari til bilish sertifikatlariga ega bo‘lishmoqda 

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi barcha bitiruvchi o‘quvchilari chet tilidan  100% natija bilan xalqaro IELTS va milliy SEFR til bilish sertifikatlariga ega bo‘lishdi.

Shu maktabning bitiruvchisi Gulshoda Abdulboqiyeva milliy SEFR imtihonidan aʼlo darajada o‘tib, C1 darajaga ega bo‘ldi.

Agentlik tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabidan 4 nafar o‘quvchi til bilish sertifikatlariga ega bo‘lishdi.

– 11-sinf o‘quvchisi Charosxon Matchanova - B2
– 10-sinf o‘quvchisi Dilaso‘z Baxtiyorova - B2
– 10-sinf o‘quvchisi Mushtariybonu Bahodirova - B2
– 10-sinf o‘quvchisi Muxlisa Boynazarova - B2 chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi SEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritishdi.