Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma‘rifiy-adabiy tadbirlar o'tkazildi.
Jumladan, Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Milliy gvardiya va Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
Xuddi shunday, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti hamda Qarshi yuridik texnikumi talabalari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Shuningdek, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" shiori ostida tashkil etilgan tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ham Marg‘ilon shahar hokimligi hamkorligida tadbir tashkil etilib, unda shoir va yozuvchilar, san’atkorlar, xalq ta’limi boshqarmalari mutasaddilari ishtirok etdi.
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o`quvchilari ham tadbirni keng nishonlashdi.