Qarshi shahridagi Prezident maktabi faoliyatini boshladi

Shavkat Mirziyoyev: “Bu hayotlaringizdagi birinchi eng katta g‘alabangiz"

Bugun, 11-oktabr kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida bu yil foydalanishga topshirilgan Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo'ldi.

168 o‘rinli maktab binosi va yotoqxona Prezident maktablari standarti asosida qurilgan.  Bu yil maktabga 10 mingdan ziyod o‘quvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilindi. Ta’lim jarayoni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha ingliz tilida olib boriladi.

"Bu hayotlaringizdagi birinchi eng katta g‘alabangiz", dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilar bilan suhbat chog'ida...