Qoraqalpog‘istonlik ota-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Xabar berganimizdek, 25-,26-,27-,28-,29- va 30-iyul kunlari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari tashkil etiladi.

Imtihonlar quyidagi manzillarda bo'lib o'tadi:

📍1-21-guruhlar uchun Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi binolarida

📍22-47-guruhlar uchun  Nukus olimpiya zahiralari kolleji binolarida o'tkaziladi.

✔️Eslatib o‘tamiz,  imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.