“Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

 

“Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2021 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may – payshanba kuniga to'g'ri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.  

Prezident Farmoniga muvofiq, 2021 yilning 14-15 may kunlari qo'shimcha dam olish kunlari hisoblanadi.

Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o'tkaziladi.