SANOAT KORXONASIDA AMALIY MASHGʻULOT

#Farmon_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.  

Xususan, Fargʻona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining yuqori sinf o‘quvchilari uchun ayni hududda joylashgan "Fargʻonaazot" AJ korxonasida amaliy mashgʻulot tashkil etildi. 

Unda o‘quvchilar ushbu korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javob oldi.