Sayyor trening Qashqadaryoda

 

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan sayyor trening doirasida Prezident maktablariga hujjat topshirgan talabgor-o'quvchilarning arizalarini ko'rib chiquvchi operatorlarga ish jarayonini qanday olib borish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, Ijod maktabi rahbariyati ham bu borada targ'ibotda o'z faolligini namoyon etmoqda.

Sayyor treningning keyingi manzili Jizzax.