Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi xalqaro UWC dasturida g‘olib deb topildi.
10- sinf o‘quvchisi Sevara Umarova ushbu dasturda qatnashdi va Gonkongning Li Po Chun nomli xalqaro maktabida o‘qish uchun 90,000$ miqdorida grant yutib oldi.
Maʼlumot uchun, UWC dasturiga dunyoning turli burchaklaridan iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi. Hamda ularning o‘qishlari uchun tashkilot tomonidan turli miqdordagi grantlar ajratiladi.