“Sifatli ta'lim - inson kapitaliga sarmoya" mavzusida matbuot anjumani

“Sifatli ta'lim - inson kapitaliga sarmoya" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ham so‘zga chiqib, Agentlik tizimidagi maktablar faoliyati va yoshlarga sifatli ta'lim berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida gapirdi:

- Yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo'lida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bu yil Prezident maktablari soni 10 taga ko‘paydi; dunyoning eng nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universiteti tashkil etilib, ilk o‘quv yiliga start berildi. Bularning bari yurtimizning har bir nuqtasidagi iste'dodlarni kashf etish va ularni mamlakat ertasi uchun foydali kadr qilib tarbiyalash yo‘lida qo'yilayotgan ulkan qadamdir.

Tadbirda mutasaddi tashkilotlar ham ishtirok etib, ta'lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma'lumot berishdi. Yig‘ilish so‘ngida jurnalistlar o‘z savollariga mutaxassislardan javob olishdi.