SOʻRAGAN EDINGIZ: MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA HUJJAT TOPSHISRISH

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❓Biz Andijonda yashaymiz. Farzandim bir paytning o’zida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hamda mazkur maktabning Andijondagi filialiga hujjat topshirishi mumkinmi?

✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshiruvchi talabgorlar faqat o'zi yashayotgan hududdagi (Nukus shahri, Andijon shahar va Samarqand shahar) filialiga yoki Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshira olishadi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. 

✅ Shu sababli o‘quvchi Toshkent shahridagi yoki o‘z hududidagi maktabga hujjat topshirgani maqsadga muvofiq.

❌ Chunki o‘quvchida bir vaqtning o‘zida Toshkent shahridagi va o‘z hududidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining kirish imtihonida ishtirok etishi imkoni mavjud emas.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma: https://t.me/jangirov_j/269

☎️ Call-markaz: 1206