SOʻRAGAN EDINGIZ: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiallariga hujjatlar qabuli

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❓Bu yil tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiallari uchun boshqa hududlardagi o’quvchilar ham hujjat topshirishi mumkinmi?

✅ Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi.

🏛 Ushbu maktablarga faqatgina maktab joylashgan hudud yaʼni:
➖Nukus filialiga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
➖Andijon filialiga – Andijon viloyati,
➖Samarqand filialiga – Samarqand viloyatidagi maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilar, 
‼️Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga esa barcha hududlardagi maktab oʻquvchilar hujjat topshirishlari mumkin. 

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma: https://t.me/jangirov_j/269

☎️ Call-markaz: 1206