Soxta kanallar: Prezident maktablariga aloqasi yo'q

 

So'ngi paytlarda  ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar  uchramoqda.

Xususan, “Prezident maktabi repetetsion markazi maxsus kanali” ham  o'qituvchilarga attestatsiyada qoʻshimcha ball berilishi sharti bilan maʼlum miqdorda pul talab qilishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq.

Ogoh bo‘ling, aldanib qolmaslik uchun ma’lumotlar manbasini aniqlang, uning qay darajada to‘g‘ri ekanligini rasmiy manbalar orqali tekshirib ko’ring.