“Tayanch info” jurnalida Agentlik direktori Hilola Umarova haqida maqola chop etildi

TALIM - TARAQQIYOT POYDEVORI” 

“Tayanch info” ijtimoiy-huquqiy ommabop jurnalning 1-2-sonida Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova haqida maqola chop etildi.

“Bolaning qayerda o‘qiyotgani, uning ijtimoiy kelib chiqishi umuman ahamiyatga ega emas. Uning iste'dodi muhim. Ota-ona farzandining bilim olishiga e’tibor qaratsa, u bilan shug‘ullansa – bola albatta ilmga qiziqadi, muvaffaqiyatga erishadi”.

Jurnaldan Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori Elyorjon Jumayevning intervyusi ham o‘rin olgan.