"TEATR-IBRATXONADIR": SURXONDARYO VILOYATI BOSQICHI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

 Agentlikning Surxondaryo viloyatida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:

Surxondaryo viloyati bosqichida – Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi "Jaloliddin Manguberdi" spektakli bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.