Xabar berib o‘tganimizdek, TUM International bilan hamkorlikda shu yilning aprel oyida "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalarining 8-10 nafari Germaniyaning Myunxen shahridagi yetakchi korxonalarda 1 haftalik amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘lishadi.
Shu munosabat bilan, 10 mart kuni universitet tomonidan talabalar uchun saralashning 1-bosqichi boshlandi. Unda talabalar o‘zlari ishlab chiqqan loyiha taqdimoti bilan ishtirok etishmoqda.
Talabalar taqdim etgan 22 ta loyiha universitet hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, eng yaxshi deb topilgan loyiha egalari saralashning ikkinchi bosqichiga yo‘llanma olishadi.
Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichi 15 martga qadar davom etadi.