Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi AQSH universitetlaridan biriga grant asosida oʻqishga kirdi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Rahmatjon Gaipov AQSHning yetakchi universitetlaridan birida grant asosida taʼlim olish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

11-sinf oʻquvchisi boshqa Prezident maktabi oʻquvchilari kabi oʻz hujjatlarini xorij oliy taʼlim muassasalariga yuborgan edi.

Rahmatjon Gaipov AQSHning Illinoys texnologiya instituti qabul komissiyasidan xushxabar oldi.

Amerika universitetining qabul komissiyasi Rahmatjon Gaipovga grant ajratish haqida qaror qabul qildi. Rahmatjon Gaipov universitetda taʼlim olish jarayonida har bir oʻquv yili uchun 20 ming AQSH dollariga miqdorida grant oladi. Bu grantdan tashqari oliy taʼlim muassasasi unga AQSHda yashashi uchun ham qoʻshimcha mablagʻ ajratadi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Rahmatjon Gaipov AQSH universitetida kimyo muhandisligi yoʻnalishida tahsil oladi.