Toshkentdagi Prezident maktabi oʻquvchisi 112 ming AQSH dollari grant yutib oldi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Bahrombek Narimonov AQSH oliy taʼlim muassasasining grantini qoʻlga kiritdi

11-sinf oʻquvchisi Bahrombek Narimonov bir necha xorij universitetlariga oʻz hujjatlarini yuborgan edi. Yaqinda xorij universitetlarining biri unga grant taqdim etilgani haqida xabar berdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabining “Projektor” jurnali bosh muharriri AQSHning Uitvort Universiteti (Withworth University) grantini qoʻlga kiritdi. Grant miqdori 112 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Bahrombek Narimonov mazkur universitetda xalqaro aloqalar yoʻnalishi boʻyicha tahsil oladi.