TURKIYA ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari Ebubekir Aydın taʻlim sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. 

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida taʻlim sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Hozirda Agentlik tizimidagi 4 ta ijod maktabiga turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili ham oʻqitilmoqda. 

Oʻquvchilar Turkiyada oʻtkazilayotgan forum-festivallarda faol qatnashmoqda. Boshqa tillar kabi turk tilini bilish sertifikatlarini ham qo’lga kiritishmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikda oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari, ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish kabi takliflar ilgari surildi.