TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish maqsadida ayni damda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turishibdi.

Uchrashuvlar davomida darsliklarni chop etish, ularni ta’lim muassasalariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur davomida:

  • Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas’ul xodimlari bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish masalalarini o‘rganish;
  • davlat hamda xususiy nashriyotlari faoliyati bilan tanishish;
  • Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas’ul xodimlari bilan darsliklarni (xususan, matematika, kimyo fanlari) ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvlar davom etmoqda.