#ishchi_guruh
#Buxoro
#Turon_yoʻlbarslari
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni ijrosi doirasida Respublikamiz boʻylab Agentlik tizimidagi maktablar oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlari oʻtkazilmoqda.
Xususan, Sirdaryo, (https://t.me/piimauz/21560) Namangan, (https://t.me/piimauz/21599) Toshkent, (https://t.me/piimauz/21576) Andijon, (https://t.me/piimauz/21613) Samarqand, (https://t.me/piimauz/21646) Jizzax (https://t.me/piimauz/21646) hamda Fargʻona viloyatlarida (https://t.me/piimauz/21614) mazkur harbiy-sport musobaqaning hududiy bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Boshqa hududlar boʻyicha ham musobaqa davom etmoqda.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarda ta’lim sifatini oʻrganish doirasida Buxoro shahridagi Prezident maktabida ham boʻlib, bu yerda “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo oʻquvchilarning “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi hududiy bosqichiga tayyorgarlik holati, harbiy-vatanparvarlik, milliy davlatchiligimiz tarixiga oid bilim va ko‘nikmalarini tekshirdi.
Agentlik direktori ChQBT xonasida yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, Prezident maktabida oʻgʻil-qizlarning Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan hamda harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini oʻtashga yo‘naltirilgan o‘quv-amaliy mashgʻulotlarni yaqindan kuzatdi