UCH SAVOLGA UCH JAVOB: IJOD MAKTABLARI

#Qabul_2024
#Ijod_maktablari

❓IJOD MAKTABLARIGA QAYSI SINFGA NECHA NAFARDAN OʻQUVCHILAR QABUL QILINADI?
➖Umumtaʼlim muassasalarining 6-sinfini tamomlagan oʻquvchilar ijod maktablarining 7-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ijodiy imtihonlar hamda test sinovlari asosida har bir sinfga 20 nafardan qabul qilinadi.

❓OʻQUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN IJOD MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
➖ Ijod maktablarida o’qish istagida bo’lgan talabgorlar hujjatlarini Respublikamizdagi 9 ta ijod maktabidan o’zi xohlagan (faqat bittasiga) ijod maktabiga topshirishi mumkin.

❓IJOD MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN OʻQUVCHINING BAHOLARIGA QANDAY TALAB QOʻYILADI?
➖Ijod maktablariga hujjat topshiradigan talabgorning baholariga hech qanday talab qo‘yilmaydi. Misol uchun, fanlar boʻyicha yillik baholari 5 (aʻlo), 4 (yaxshi) yoki 3 (qoniqarli) boʻlgan talabgor ham hujjat topshirishi mumkin. 

🕊IJOD MAKTABLARI https://t.me/piimauz/13980