UCH SAVOLGA UCH JAVOB: PREZIDENT MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRISH

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Farzandim chet elda tug‘ilgan va o‘sha yerda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olgan. Men va otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosimiz. Farzandim hozirda O‘zbekistondagi maktabda tahsil olmoqda. U Prezident maktabiga o‘qishga hujjat topshira oladimi?
➖Ha, topshira oladi. Bunda talabgordan hujjat topshirayotganda o‘quvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi bo‘limidan “Chet elda olingan tug‘ilganlik haqida guvohnoma”ni tanlashi talab etiladi.

❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?
➖Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.  

Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?
➖Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma: https://t.me/jangirov_j/269

☎️ Call-markaz: 1206