VAZIR IJOD MAKTABINING YANGI BINOSI BILAN TANISHDI

VAZIR IJOD MAKTABINING YANGI BINOSI BILAN TANISHDI

Jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashrif buyurdi.

Tashrif davomida:

  • Maktab bitiruvchilarining xorijiy tillarni o‘rganganlik darajasi,
  • ijod maktabining viloyat fan olimpiadasidagi ishtiroki,
  • kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklar faoliyati,
  • 3 nafar ijodkor o‘quvchining ilk she’riy kitoblari taqdimotlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng vazir maktabning ta’mirlangan binosi bilan yaqindan tanishib, o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur maktabda 186 o'ringa ega yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport zali - markazlashgan yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilgan.