Xalq taʼlimi oʻqituvchilari va xodimlari uchun tashkil etilgan 2 kunlik oʻquv-seminar yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan Prezident maktablarining xorijiy oʻqituvchilarini jalb qilgan holda, umumtaʼlim muassasalarining STEAM fanlari boʻyicha trenerlari uchun navbatdagi Respublika oʻquv-seminari oʻtkazildi. Seminarda 200 ga yaqin tabiiy fan oʻqituvchilari va metodistlar ishtirok etishdi. Oʻquv seminarda biologiya, fizika, kimyo va psixologiya fanlari boʻyicha STEAM (Science, Technique, Engineering, Art and Math) texnologiyalarini taʼlimga joriy etish koʻnikmalarini samarali tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, seminar doirasida quyidagi savollarga javob berildi:

Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, sifatli darslarni qanday oʻtish mumkin?
Oʻqituvchilarning malakasini oshirish va bunda ularning ehtiyojlarini imkon qadar koʻproq qanoatlantirish uchun nimalar qilish kerak?
Interaktiv dars davomida oʻqituvchining roli qanday?
Oʻtilayotgan mavzu, oʻquvchilarning yoshi va oʻziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda, taʼlimning qanday uslublarini qoʻllash zarur?
Xorijlik oʻqituvchilar tajribasiga tayanib, umumtaʼlim maktabida muvaffaqiyatli ishlash uchun zamonaviy oʻqituvchi qanday boʻlishi kerak?

Seminar doirasida taqdim etilgan amaliy mashgʻulotlar va nazariy materiallar albatta taʼlim jarayonida oʻz natijasini berishiga ishonamiz.