Xalqaro forum: “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik”

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda!

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad: 
-xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish; 
-zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish; 
-nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.  

Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qit'alaridan ta'lim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, o‘z yo‘nalishida jahonning eng nufuzli ta'lim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz (https://t.me/piimauz)
Facebook: piima.uz (https://www.facebook.com/piima.uz)
Savollaringizni @eduforum_bot orqali yo’llang!