Bugun Malayziyaning Binary universiteti ta'sischisi va ijrochi raisi, Tan Sri Dato professor Joseph Adaikalam, xalqaro hamkorlik direktori Gilbert Alvin, universitet prorektori Puan Sri Datin professor Rohini Devi Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.
Uchrashuv davomida Malayziya tomoni Agentlik tizimidagi maktablar faoliyati hamda ta'lim tizimini alohida e'tirof etgan holda, o'zaro hamkorlik tashabbusini bildirishdi.
Tomonlar, shuningdek:
-o'qituvchilar malakasini oshirish,
-talabalar almashinuvi va
- ta'lim dasturlari yuzasidan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv davomida Agentlik faoliyati yuzasidan taqdimot ham bo'lib o'tdi.