Xalqaro mahorat darsi o'tkazildi

 

Agentlik tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ishtirokida Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi (AWU) va Butunjahon yosh turk yozuvchilari uyushmasi (DGTYB) a’zosi Umid Najjari bilan onlayn mahorat darsi o‘tkazildi. 

Ushbu mahorat darsini Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi MMIBDO‘  M.Nurmatov va tarjimon T.Nosirovlar olib bordi.  Ikki xalqning bir-biri bilan yaqin do‘stlik munosabatini yanada mustahkamlagan ushbu adabiy uchrashuv qizg‘in savol – javoblarga, o‘quvchilarning mushoiralariga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.