Награждены победители Международной олимпиады

Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Ushbu medallar Mustaqilligimizning 30 yillik  bayramiga yoshlarimizdan munosib sovg‘a bo‘ldi deyish mumkin.

Bilimli yoshlar va ularning ustozlari Prezidentimiz qaroriga ko‘ra pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

G‘oliblar safida Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktabi o’quvchilari - Muxtorxo’jayeva Durdona va Boymahammadov Ikromiddin hamda ularning ustozlari Boltayev Bobur va Muxsimov Javlon ham bor.

Xalq ta'limi vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Behzod Musaev va Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ham ishtirok etib, g‘oliblarni muborakbod etishdi.