Xivalik oʻqituvchi 100 balli natijani qayd etdi

Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining tarix fani o‘qituvchisi Nazokat Allamova  2021-yil pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, test topshiriqlaridan 100 foizlik imkoniyatdan 100 ball toʻplab muddatidan oldin oliy toifani qoʻlga kiritishga zamin yaratdi.

Nazokat Allamova 2017-yilda ham attestatsiyada ishtirok etib 100 foizlik imkoniyatdan 90 ball toʻplab, birinchi malaka toifasini qoʻlga kiritgan edi.

Shuningdek, ustozning o‘quvchisi Abdullayev Otabek viloyat olimpiadasida tarix fanidan faxrli  III o‘rinni hamda shu yili o‘tkazilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” nomli ko‘rik-tanlovning tuman, viloyat bosqichida I o‘rinni egallab, Respublika bosqichida muvaffaqiyatli qatnashdi.

Ustoz ta’lim sohasiga qoʻshgan hissasi hamda samarali mehnatlari uchun 2020-yil 1-oktabrda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.