Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 23-yanvar kuni Xorazm viloyati Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish tadbirida Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatov, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, mehnat faxriylari Kenjaboy Ortiqov, Sotimboy Rahimov, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok qildilar.

Tadbir davomida mehmonlar maktabning sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Muassasada qurilish-ta'mirlash ishlarini olib borgan “Xorazm invest xolding” MCHJ xodimlariga tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma'lumot o'rnida, ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib,  muassasada ta'lim olayotgan o‘quvchilar soni 603 nafarni tashkil qiladi,  shulardan 402 nafari  ixtisoslashtirilgan sinflarda,  201 nafari umumta'lim sinflarda tahsil olmoqdalar.