"YANGI OʻZBEKISTON" UNIVERSITETI TALABALAR TURAR JOYI SHAROITLARI OʻRGANILDI

#new_Uzbekistan_university

 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur universitetda bugungi kunda tahsil olayotgan talabalar soni 1 105 nafar boʻlib, shundan 233 nafarini qizlar tashkil etadi. 

276 o‘ringa moʻljallangan ushbu talabalar turar joyida hozirda istiqomat qilayotgan 198 nafar talabaning 107 nafari qizlardan iborat.