"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari Myunxenda

Joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan "Yangi O‘zbekiston" universiteti va Germaniyaning TUM Internatsional tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan  talabalar ayni damda Myunxen shahrida bo‘lib turishibdi.

Delegatsiya aʼzolari BMV muzeyi va Allianz Arena stadionida bo‘lishdi.

Rasmiy uchrashuvlar bugundan boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, delegatsiya aʼzolari bir hafta davomida qisqa muddatli amaliyot o‘tash uchun Myunxen Texnika Universitetida bo‘lishadi.