Bugungi kunda xalqimiz orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida davlat siyosati darajasida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.
Jumladan, milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adiblarimiz ijodini yoshlar oʻrtasida keng targʻib etish. kelajakda ijodkor yoshlar tomonidan badiiy yetuk, yuqori saviyali asarlar yaratilishiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Yosh kitobxon” onlayn tanlovini eʼlon qilgan edi. “Yosh kitobxon” onlayn tanlovida ishtirok etish uchun Agentlik tasarrufidagi maktab oʻquvchilari orasidan birinchi bosqichda 400 ta oʻquvchi test sinovlarida oʻtdi va ulardan 48 nafar oʻquvchi muvaffaqiyatli tarzda ikkinchi bosqichga yoʻllanma oldi. “Yosh kitobxon” onlayn tanlovining ikkinchi bosqich sharti savol-javoblar asosida Hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan baholandi. Oʻquvchilarga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari, Hayʼat raisi B.Ergashev, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim Z.Isomiddinov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir A.Xudayberdi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, professor N.Jabbarov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi mutaxassisi M.Boysariyev, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, yozuvchi Z.Moʻminova, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Faxriddin Xayit va bir qator koʻzga koʻringan Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Agentlik vakillari bilan birga hakamlik qilishdi. On-layn savol-javoblarning yana bir afzalligi shunda boʻldiki shaffoflikni taʼminlash maqsadida ota-onalar ham oʻz farzandlari bilan birga jarayonni jonli kuzatishga Muvaffaq boʻlishdi. Demak “Yosh kitobxon” onlayn tanlovining gʻoliblari etib quyidagi oʻquvchilar topildi;
6-7 - sinf oʻquvchilari |
|||
I oʻrin |
Muhammadshokirova Ziyodaxon |
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi |
7-sinf |
II oʻrin |
Jabborova Dilnoza |
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi |
7-sinf |
II oʻrin |
Odilova Ruxshona |
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi |
6-sinf |
III oʻrin |
Nosirjonova Ibodatxon |
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi |
6-sinf |
III oʻrin |
Mahmudova Sarvinoz |
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi |
6-sinf |
III oʻrin |
Akramov Firdavs |
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi |
6-sinf |
8-9 - sinf oʻquvchilari |
|||
I oʻrin |
Zamzamov Ozodbek |
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi |
9-sinf |
II oʻrin |
Alimjanova Aynura |
Ibroyim Yusupov ijod maktabi |
8-sinf |
II oʻrin |
Najmiddinova Nigora |
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi |
8-sinf |
III oʻrin |
Tojiddinov Shermuhammad |
Abdulla Oripov ijod maktabi |
8-sinf |
III oʻrin |
Akramjonova Sevinch |
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi |
9-sinf |
III oʻrin |
Sobirova Dilnavo |
Abdulla Oripov ijod maktabi |
9-sinf |
10-11 - sinf oʻquvchilari |
|||
I oʻrin |
Sobirova Shaxina |
Abdulla Oripov ijod maktabi |
10-sinf |
II oʻrin |
Mamatkarimova Muattar |
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi |
10-sinf |
II oʻrin |
Yorqinova Gulbahor |
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi |
10-sinf |
III oʻrin |
Rafiqjonova Munisa |
Ibrat nomidagi ijod maktabi |
10-sinf |
III oʻrin |
Ergashaliyeva Munisa |
Ibrat nomidagi ijod maktabi |
10-sinf |
III oʻrin |
Qoʻziboyev Xojimurod |
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi |
10-sinf |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tanlov gʻoliblariga diplom va qimmatbaho sovgʻalar joriy yilning 30-iyun “Yoshlar kuni” arafasida topshiriladi. “Yosh kitobxon” tanlovi albatta yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.