Yurtimizda “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Sana munosabati bilan Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida bayram tadbirlari o‘tkazilib, ularda harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, tuman va shahar hokimlari, harbiy faxriylar, harbiy orkestr jamoalari, harbiy bilim yurtlarining talabalari ishtirok etmoqda. 

Shubhasiz, bu kabi tadbirlar yoshlarning ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarining ortishiga xizmat qiladi.

https://t.me/piimauz/13898?single