“Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda maktablarimizdan 26 ta terma jamoa ishtirok etib, 4 tur doirasida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 

❗️"Zakovat" o‘yinlari asoschisi Abdurasul Abdullayev o‘quvchilarimizning savollarga javob berishdagi tezkorliklari, murakkab savollarga ham oson javob topishlarini alohida e’tirof etdi. 

Musobaqa yakuniga ko‘ra:

🥇1-o‘rinni - Namangan shahridagi Prezident maktabi,
🥈2-o‘rinni - Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,
🥉3-o‘rinni - Samarqand shahridagi Prezident maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi. 

Sovrindor jamoalarning har bir a’zosi diplom va noutbuklar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, g‘olib jamoalarga “Zakovat” stipendiyasi (https://t.me/piimauz/7691) ham berilishi ko‘zda tutilgan.

O’yin qizg‘in bahslarga boy holda o‘tdi. Har bir tur natijalari hayajon bilan qarshi olindi. Shuningdek, o'yin doirasida appelyatsiya jarayonlari ham bo‘lib o‘tdi.

Aytish mumkinki, bunday o‘yinlar yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirish va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishda alohida ahamiyatga ega.

O‘quvchilarimizga bundan keyingi faoliyatlari hamda o‘qishlarida ham omad tilayman. 

Zafar hamisha yor bo‘lsin, aziz yoshlar!
 


Hilola Umarova
Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari