“Erkin Vohidov – nodir isteʼdod sohibi” nomli ijodiy tanlov oʻtkaziladi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) tasarrufidagi Erkin Vohidov ijod maktabi “Erkin Vohidov – nodir isteʼdod sohibi” nomli ijodiy tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon qiladi.

Mazkur tanlovda PIIMA tasarrufidagi 9-, 10- va 11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari va quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻz ishlarini yuborishlari mumkin:

  • nazm yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlov ruhidagi sheʼrlar);
  • nasr yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlov ruhidagi nasriy asarlar);
  • badiiy publitsistika yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodining badiiy-publitsistik janrdagi asarda yoritilishi);
  • badiiy tarjima yoʻnalishi (Erkin Vohidov asarlarining xorijiy tillarga tarjimalari);
  • “Erkin Vohidov hayoti va ijodi bilimdonlari” yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodi yuzasidan tuzilgan onlayn test sinovlarida va Zoom ilovasi orqali oʻtkaziladigan savol-javoblarda ishtirok etish);
  • teleradiojurnalistika yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid 3-5 daqiqali video va audiolavhalar tayyorlash).

Tanlov ishtirokchilari oʻz ishlarini PIIMA onlayn oromgoh platformasi orqali 20-dekabr sanasiga qadar yuborishlari kerak.

Ijodiy ishlar joriy yilning 21-25-dekabr kunlari hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi. Tanlov gʻoliblari nomi 25-dekabr kuni eʼlon qilinadi.