Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) tasarrufidagi Erkin Vohidov ijod maktabi “Erkin Vohidov – nodir isteʼdod sohibi” nomli ijodiy tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon qiladi.
Mazkur tanlovda PIIMA tasarrufidagi 9-, 10- va 11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari va quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻz ishlarini yuborishlari mumkin:
- nazm yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlov ruhidagi sheʼrlar);
- nasr yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlov ruhidagi nasriy asarlar);
- badiiy publitsistika yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodining badiiy-publitsistik janrdagi asarda yoritilishi);
- badiiy tarjima yoʻnalishi (Erkin Vohidov asarlarining xorijiy tillarga tarjimalari);
- “Erkin Vohidov hayoti va ijodi bilimdonlari” yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodi yuzasidan tuzilgan onlayn test sinovlarida va Zoom ilovasi orqali oʻtkaziladigan savol-javoblarda ishtirok etish);
- teleradiojurnalistika yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid 3-5 daqiqali video va audiolavhalar tayyorlash).
Tanlov ishtirokchilari oʻz ishlarini PIIMA onlayn oromgoh platformasi orqali 20-dekabr sanasiga qadar yuborishlari kerak.
Ijodiy ishlar joriy yilning 21-25-dekabr kunlari hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi. Tanlov gʻoliblari nomi 25-dekabr kuni eʼlon qilinadi.