Namangan shahridagi Prezident maktabida "Qaldirg‘och" nomli musiqa to‘garagi tashkil etildi

Musiqani bejiz "Ilhom parilari san'ati" deb atashmaydi. Ohanrabodek o‘ziga tortuvchi ilhombaxsh san'at insonning ko‘tarinkilik, shodlik, muhabbat, o‘ychanlik kabi tuyg‘u va kayfiyatlarini mujassam eta  oladigan sehrli mo‘jizadir. San'at, ayniqsa, bola shaxsidagi o‘ziga xos fazilatlarning  yuzaga chiqishida, estetik didning  rivojlanishida beqiyos kuchga ega.
Namangan shahridagi Prezident maktabida ham musiqani sevgan qalblar uchun kutilgan onlar boshlandi. "Qaldirg‘och" nomli musiqa to‘garagi  san'at shaydosi bo‘lgan o'quvchilar uchun zavqqa to‘la faoliyatga aylandi