Musiqani bejiz "Ilhom parilari san'ati" deb atashmaydi. Ohanrabodek o‘ziga tortuvchi ilhombaxsh san'at insonning ko‘tarinkilik, shodlik, muhabbat, o‘ychanlik kabi tuyg‘u va kayfiyatlarini mujassam eta oladigan sehrli mo‘jizadir. San'at, ayniqsa, bola shaxsidagi o‘ziga xos fazilatlarning yuzaga chiqishida, estetik didning rivojlanishida beqiyos kuchga ega.
Namangan shahridagi Prezident maktabida ham musiqani sevgan qalblar uchun kutilgan onlar boshlandi. "Qaldirg‘och" nomli musiqa to‘garagi san'at shaydosi bo‘lgan o'quvchilar uchun zavqqa to‘la faoliyatga aylandi