Ona tilim, sen millat ko'rkisan!

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989-yilning 21-oktyabr kuni  Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra, O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Shu yildan binoan 21-oktabr “O‘zbek tiliga - Davlat tili” maqomi berilganligi munosabati bilan har yili bayram sifatida keng nishonlanib  kelinmoqda.
Toshkent shahridagi Prezident maktabida ham  21-oktabr kuni “Ona tilim mening  faxrim” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o'quvchila o'zlarining ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Musiqa va raqs to'garak rahbarlari tayyorlagan ijodiy namunalarini namoyish etdilar.