#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashurov AQShning Chikago universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 420 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Eʼtiborlisi, Asilbek Chikago universitetining toʻliq grantiga sazovor boʻlgan ilk oʻzbekistonlik oʻquvchi boʻldi.
Maʼlumot oʻrnida, Chikago universiteti dunyo miqyosida 14-oʻrinda, iqtisod sohasi bo‘yicha 4-oʻrinda turadi.
Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!