REKORD NATIJA: BITIRUVCHIMIZ XORIJIY UNIVERSITETNING 420 000 AQSH DOLLARIGA TENG TOʻLIQ GRANTINI QOʻLGA KIRITDI 

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashurov AQShning Chikago universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchimiz yutgan grant miqdori  420 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. 

Eʼtiborlisi, Asilbek Chikago universitetining toʻliq grantiga sazovor boʻlgan ilk oʻzbekistonlik oʻquvchi boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, Chikago universiteti dunyo miqyosida 14-oʻrinda, iqtisod sohasi bo‘yicha 4-oʻrinda turadi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!