IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar 

Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 
Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; 
8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 

Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi

⏳Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

🗣Eslatma, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.