Announcement

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarda muayyan kompetentsiyalarni shakllantirishga qaratilgan, integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish ishlari davom etmoqda.

Аgentlik quyidagi ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish bo‘yicha mualliflar tarkibi tanlovini eʼlon qiladi:

     Matematika (6-sinf)

     Matematika (7-sinf)

     Kimyo (7-sinf)

     Kimyo (8-sinf)

Tanlovda qatnashishni istagan mualliflar jamoasi quyidagi hujjatlardan iborat takliflarni tanlov komissiyasiga taqdim etadilar:

➖ ishtirok etish uchun ariza;

➖ qatnashchilarning maʼlumotnoma-obyektivkasi;

➖ darslik majmuasining konseptsiyasi (0,5 bosma taboqqacha), unda majmuaning maqsadi va vazifalari, mazmuni va tuzilmasiga nazariy-metodologik yondashuv, darslikning metodik apparatiga asos qilib olinadigan didaktik prinsiplar aks ettirilishi kerak;

➖ darslikning rejasi (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma taboqqacha);

➖ bitta bob bo‘yicha ishlab chiqilgan namuna matni.

Tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlangan takliflar joriy yilning 1-avgust kuniga qadar asl nusxada va elektron shakli kitob@piima.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

6-SINF MATEMATIKA FANI DASTURINING 1 ta BOBI 
7-SINF MАTEMАTIKА FАNI DАSTURINING 1ta BOBI
7-SINF KIMYO FАNI DАSTURINING 1 ta BOBI
8-SINF KIMYO FАNI DАSTURINING 1 ta BOBI