TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI OʻTKAZILDI

#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Bugun, 9-iyul kuni tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarida Respublikamiz bo‘ylab jami 42 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi. 

Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘z hududlarida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi. 

📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 785 tasi  tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Ma'lumot uchun:

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: 
➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkazildi.

📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkazildi. 

📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: 
➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkazildi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt berildi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.